School news · Bizning faxrimiz

Yangi zamon bitiruvchilari — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari!

12.06.2026 489

🌿 Yangi zamon bitiruvchilari — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari!

🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Bunyodkorlar sammiti: Iqtidorlar — taraqqiyot poydevori” mavzusidagi “Yangi zamon bitiruvchi yoshlari” tadbiri hamda 2026-yil Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari uchrashuvi boshlandi.

Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari Hasan Shakirov so‘zga chiqib, Prezident maktablari tashkil etilgani yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochganini ta’kidladi.

Bugun Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari nafaqat ta’limdagi yutuqlari, balki ilmiy izlanishlari, startap loyihalari va xalqaro muvaffaqiyatlari bilan ham yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda.

✨ “Bitiruvchilar qurultoyi” esa iqtidorli yoshlarning salohiyatini namoyon etish, ularning innovatsion g‘oyalari va loyihalarini investorlar bilan bog‘lash hamda hayotga tatbiq etish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.