School news · Bitiruvchilar
“Yangi O‘zbekiston” universitetida yangi Tibbiyot fakulteti ochildi!
🩺 “Yangi O‘zbekiston” universitetida yangi Tibbiyot fakulteti ochildi!
✅ Endilikda universitetda Germaniyaning yetakchi tibbiyot markazlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Tibbiyot doktori” (M.D.) dasturi yo‘lga qo‘yildi. Dastur talabalarga zamonaviy tibbiyot bilimlari, klinik amaliyot va xalqaro standartlar asosidagi ta’limni taklif etadi.
✅ Ta’lim dasturi quyidagi nufuzli markazlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan:
- Germaniyaning Frayburg, Haydelberg, Frankfurt tibbiyot markazlari
- Myunxen texnika universiteti
O‘qish to‘liq ingliz tilida olib boriladi. Talabalar fundamental tibbiyot fanlari bilan bir qatorda amaliy klinik tayyorgarlik va ilmiy tadqiqot ko‘nikmalarini ham egallaydilar.
✅ Dasturga hujjat topshirish uchun:
- Kamida IELTS 5.5 yoki unga tenglashtirilgan CEFR B2 sertifikati
- Biologiya va kimyo fanlaridan kirish imtihonlari
Bitiruvchilar bakalavr darajasidagi diplomga ega bo‘lib, tibbiy faoliyatini yoki rezidentura ta’limini O‘zbekistonda ham, xorijda ham davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
✨ 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda. Agar siz tibbiyot sohasida xalqaro darajadagi ta’lim olishni istasangiz, “Yangi O‘zbekiston” universitetiga qo‘shiling!