School news · Tadbirlar
Xotira va qadrlash — millatning yuksak fazilati
Xotira va qadrlash — millatning yuksak fazilati
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabida “Burch, jasorat, matonat” turkum tadbirlari tashkil etilmoqda.
Tadbir doirasida maktabning “Vatan tayanchi” guruhi a’zolari 1925-yilda Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan, Ikkinchi jahon urushi faxriysi Iskandarov Vapo bobo xonadonida mehmon bo‘lishdi.
Faxriy o‘quvchilar bilan samimiy suhbat davomida urush yillaridagi mashaqqatlar, xalq boshidan kechirgan og‘ir sinovlar hamda tinchlikning bebaho ne’mat ekanligi haqida so‘zlab berdi. Yoshlar esa yurt osoyishtaligi, bugungi farovon hayot va tinch kunlarning qadriga yetish kerakligini yana bir bor his etdilar