School news · Maktab hayoti

Xorazmda ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish ishlari davom etmoqda

04.03.2026 703

🟢Xorazmda ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish ishlari davom etmoqda

➡️Avval xabar qilganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev ayni kunlarda Xorazm viloyatidagi ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganmoqda.

📌Bugun vazir o‘rinbosari Azizbek Turdiyev Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova
bilan birgalikda Xiva shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib, muassasada qurilayotgan yotoqxona va oshxona binolarining qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Qurilish ishlarining sifati, xavfsizlik talablari hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🔴 Shundan so‘ng Xiva shahridagi 6-son hamda Xiva tumanidagi 8-son umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, dars jarayonlarining yo‘lga qo‘yilishi, sinf xonalarining moddiy-texnik ta’minoti, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning samaradorligini atroflicha o‘rgandi. Ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy metodlarni keng joriy etish va tarbiyaviy ishlar samaradorligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

➡️O‘rganishlar yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilmani yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga  ulanish
✅Telegram
📹Youtube
✅Facebook
🌐 Instagram