School news · Bizning faxrimiz

Xiva shahridagi Prezident maktabida unutilmas “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

07.10.2025 1068

#UchAvlodUchrashuvi
#UstozgaEhtirom
Xiva shahridagi Prezident maktabida unutilmas “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

✨ Uchrashuvning faxrli mehmoni — 60 yildan ziyod pedagogika sohasida fidokorona mehnat qilgan, O‘zbekiston Qahramoni Anora Mahmudova bo‘ldilar.

Ustoz o‘z hayot yo‘li, kasbiy faoliyati davomida erishgan yutuqlari hamda muvaffaqiyatlarining sir-asrorlari haqida samimiy so‘zlab berdilar. Shuningdek, yoshlarga hayotiy maslahatlar, sabr, mehnatsevarlik va ilmga intilish haqida qimmatli tavsiyalar berdilar.

Maktabimiz o‘quvchilari va ustozlari ustoz bilan samimiy suhbat qurib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Uchrashuv iliq va maroqli muhitda o‘tdi.