School news · Xalqaro hamkorlik

Xiva shahridagi Prezident maktabida ToshTech universiteti hodimlari tashrifi bo‘lib o‘tdi.

07.05.2026 745

Xiva shahridagi Prezident maktabida ToshTech universiteti hodimlari tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida bitiruvchi o‘quvchilarga universitetning qabul jarayonlari, ta’lim tizimi, zamonaviy yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlari hamda innovatsion muhiti haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, o‘quvchilar universitetda yaratilgan imkoniyatlar, xorijiy hamkorlik dasturlari va istiqbolli kasblar haqida qiziqarli suhbat olib borishdi.

Mazkur uchrashuv bitiruvchilarning kelajakdagi ta’lim yo‘nalishini tanlashida muhim ahamiyat kasb etdi.