School news · Tadbirlar

Xiva shahridagi Prezident maktabida “Ta’zim sizga, aziz ustozlar” shiori ostida ta’lim sohasida ko‘p yillik…

02.10.2025 693

Xiva shahridagi Prezident maktabida “Ta’zim sizga, aziz ustozlar” shiori ostida ta’lim sohasida ko‘p yillik mehnat tajribasiga ega bo‘lgan fidoiy ustozlar bilan iliq uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida ustozlar o‘z tajriba va hayotiy saboqlari bilan o‘quvchi-yoshlar hamda pedagoglar bilan o‘rtoqlashdilar. Samimiy muloqot, ezgu tilaklar va iliq suhbatlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.