School news · Maktab hayoti
Xiva shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan…
🏢 Xiva shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kelajak soati” darslari tashkil etildi.
📚 Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda Prezidentimiz olib borayotgan mustaqil va xalqparvar siyosatning mazmun-mohiyati haqida muhim ma’lumot va tushunchalar berildi.
🇺🇿 Ushbu darslar o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt ravnaqi uchun mas’uliyat hissini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.