School news · Tadbirlar

Xiva shahridagi Prezident maktabida faoliyat yuritayotgan “ONE STEP — ONE LIFE” jamoasi tashabbusi bilan…

09.04.2026 705

Xiva shahridagi Prezident maktabida faoliyat yuritayotgan “ONE STEP — ONE LIFE” jamoasi tashabbusi bilan “Shukronalik — hayotning go‘zal bezagi” shiori ostida ertalabki saflanish tashkil etildi.

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi:

✅ o‘quvchilarga hayotdagi katta va kichik ne’matlarni anglash va qadrlashni o‘rgatish,
✅ ijobiy fikrlashni shakllantirish hamda ruhiy barqarorlikni mustahkamlash,
✅ insonlar o‘rtasida mehr-oqibat va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishdan iborat.

Mazkur tadbir o‘quvchilar qalbida minnatdorlik, mehr va ijobiy qarashlarni rivojlantirishga xizmat qildi.