School news · Maktab hayoti

Xiva shahridagi Prezident maktabida 5–11-sinflar kesimida “Bir yaxshilik haqida” mavzusida navbatdagi…

23.02.2026 935

Xiva shahridagi Prezident maktabida 5–11-sinflar kesimida “Bir yaxshilik haqida” mavzusida navbatdagi “Kelajak soati” darslari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar bilan insoniylik, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va jamiyatda ijobiy munosabatlarni shakllantirishning ahamiyati haqida suhbatlar olib borildi, turli interaktiv faoliyatlar tashkil etildi.

“Yaxshilik — bu imkoniyat masalasi emas, munosabat masalasidir.”
Mazkur g‘oya asosida o‘quvchilarda ezgulik qilish, boshqalarga yordam berish va mas’uliyatli fuqarolik fazilatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube