School news · Xalqaro hamkorlik
Xalqaro hamkorlik sari yangi qadam: Cognia bilan qo‘shma loyiha boshlandi!
📰📰📰📰📰📰📰
Xalqaro hamkorlik sari yangi qadam: Cognia bilan qo‘shma loyiha boshlandi!
❕Maʼlumot uchun: Cognia 2006-yilda AdvancED nomi bilan tashkil etilgan. Ayni paytda Cognia — nodavlat notijorat tashkilot bo‘lib, AQShdagi va xalqaro miqyosdagi boshlang‘ich hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarini akkreditatsiyadan o‘tkazadi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va dunyoga mashhur Cognia, Inc. xalqaro tashkiloti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu kelishuv O‘zbekistonda innovatsion ta’lim yechimlarini joriy etish, STEM yo‘nalishidagi seminarlar va malaka asosidagi sertifikatlash, maktablarimizni xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqadi.
✔️Ma‘lumot uchun, 3 kun davomida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Agentlik tizimidagi maktab rahbarlari uchun maxsus o‘quv-seminar bo‘lib o‘tadi. Seminarda ishtirokchilar zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, xalqaro baholash standartlari va ta’limdagi ilg‘or tajribalar bilan tanishadilar.