School news · Xalqaro hamkorlik
XALQARO EKSPERTLAR ISHTIROKIDA TRENING BOSHLANDI
⚡️XALQARO EKSPERTLAR ISHTIROKIDA TRENING BOSHLANDI
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga kiruvchi maktablar rahbar xodimlari uchun maxsus trening mashgʻulotlari boshlandi.
✅Mazkur trening Buyuk Britaniyaning AQA (Assessment and Qualifications Alliance) xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan boʻlib, tizimdagi maktablar rahbar xodimlarining boshqaruv salohiyatini yanada rivojlantirish, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, shuningdek, zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda rahbarlik malakasini takomillashtirish maqsadlarini koʻzda tutadi.
📶 Trening mashg‘ulotlarini olib borishga AQA xalqaro taʼlim tashkiloti vakillari Samantha Twiselton va Ann Burgess taklif etilgan. Xalqaro ekspertlar ilg‘or xalqaro yondashuvlar hamda amaliy bilimlar orqali samarali rahbarlik, o‘zgarishlarni boshqarish, ta’lim muassasasining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, hamkorlikda ishlash va jamoani boshqarish borasida muhim ko‘nikmalar bilan oʻrtoqlashmoqda.
📆13-iyunga qadar davom etadigan trening mashgʻulotlari rahbar kadrlarning xalqaro tajribaga asoslangan bilimlarga ega bo‘lishi, ularning zamonaviy menejment yondashuvlarini chuqur anglab yetishi va amalda qo‘llay olishi uchun muhim zamin yaratadi.
🗣Mashg‘ulotlar interaktiv shaklda, amaliy topshiriqlar va guruh muhokamalari asosida olib borilib, ishtirokchilar yangi bilim va koʻnikmalar olish, tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
📍Tadbirga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilmoqda.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube