School news · Tadbirlar
Vatanparvarlik — kelajagimiz poydevori! 🇺🇿
🇺🇿 Vatanparvarlik — kelajagimiz poydevori! 🇺🇿
Xorazm viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari tomonidan Xiva shahridagi Prezident maktabida Vatanparvarlik oyligi doirasida mazmunli tadbir tashkil etildi.
“Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda maktabning “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari ishtirok etdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar uchun qurol-aslaha va harbiy jihozlar ko‘rgazmasi namoyish etilib, yoshlarga Vatanga sadoqat, burch va mas’uliyat tushunchalari keng yoritildi. Bu kabi tadbirlar yosh avlod qalbida vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, milliy armiyamizga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishga xizmat qiladi.
🇺🇿 Vatan tinchligi — bizning eng oliy qadriyatimiz! 🇺🇿