School news · Tadbirlar
Ustoz – ma’naviyat ko‘zgusi
Ustoz – ma’naviyat ko‘zgusi
🏢 Xiva shahridagi Prezident maktabida Ustozga Ehtirom oyligi doirasida “Ustozim – sizga” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
✨ Tadbir davomida ustoz va murabbiylarimizning bebaho mehnati, mehr-muhabbati, tarbiya va ta’limdagi o‘rni yuksak ehtirom bilan yodga olindi. O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan she’rlar, qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari bayramona kayfiyat bag‘ishladi.