School news · Bizning faxrimiz
“TURON” TEATR TANLOVI: YANGI O‘ZBEKISTON ISTE’DODLARI SAHNADA!
🎭 “TURON” TEATR TANLOVI: YANGI O‘ZBEKISTON ISTE’DODLARI SAHNADA!
25–26-mart kunlari Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali drama teatrida “Turon” teatr tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu — nafaqat san’at bayrami, balki yosh iste’dodlarning qalbdan o‘tgan his-tuyg‘ularini tomoshabinlar qalbiga yetkazgan ulug‘ sahna sabog‘i bo‘ldi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Turon” teatr tanlovi “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida yoshlarning sahnadagi mahoratini, ijodkorligi, vatanparvarlik va badiiy tafakkurini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan eng sara jamoalar endi respublika sahnasida o‘z iste’dodi, sahna madaniyati va ijodiy yondashuvi bilan bellashdi.
Bu yilgi tanlovda 14 ta teatr jamoasi viloyatlardan respublika bosqichida ishtirok etdi. Shuningdek, 5 ta “Zamin Creative” inklyuziv teatr studiyasi jamoalari ham o‘z mahoratini namoyish etdi.
Asosiy yo‘nalish bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin - Sirdaryo viloyati, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
🥈 2-o‘rin - Jizzax viloyati, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🥉 3-o‘rin - Buxoro viloyati, Buxoro shahri Prezident maktabi
“Zamin Creative” inklyuziv teatr studiyalari o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin - Andijon viloyati, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🥈 2-o‘rin - Qashqadaryo viloyati, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🥉 3-o‘rin - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida san’at va adabiyotga bo‘lgan qiziqni yanada oshirish, sahna madaniyatini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdir.
Sahna — bu tarbiya maskani
Teatr — bu qalblarni uyg‘otuvchi san’at
Barcha ishtirokchilarga, ustozlar va murabbiylarga cheksiz rahmat! G‘oliblarni chin qalbimizdan tabriklaymiz! San’at yo‘lingiz doimo yorug’ bo’sin.