School news · Bizning faxrimiz

Ta’lim taraqqiyoti yo‘lida muhim hamkorlik

07.02.2026 1247

Ta’lim taraqqiyoti yo‘lida muhim hamkorlik

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova hamda El-yurt umidi jamg‘armasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova ishtirokida Shayxontohur tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda barcha Prezident maktablari ijrochi direktorlari va jamg‘arma vakillari qatnashib, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, mavjud tajribalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashdilar.

❗️ Asosiy e’tibor qaratilgan yo‘nalishlar:

✅ Tizimda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash;
✅ Iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish;
✅ Xalqaro ta’lim dasturlari bilan hamkorlikni kengaytirish;
✅ Xorijiy grant va stipendiyalar imkoniyatlarini oshirish;
✅ Yoshlarning nufuzli xorijiy OTMlarda tahsil olishi uchun sharoitlarni kengaytirish.

Mazkur uchrashuv ta’lim sifatini oshirish, iqtidorli avlodni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.