School news · Xalqaro hamkorlik
Soʻnggi uch yilda 1-6-sinflar uchun 226 nomdagi 118,8 mln.
✅ Soʻnggi uch yilda 1-6-sinflar uchun 226 nomdagi 118,8 mln. nusxa darslik va mashq daftarlari xorijiy tajribalar asosida yangidan yaratildi.
Shuningdek, xalqaro standartlarga javob beradigan Singapur, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiyaning tegishli nashriyotlari tomonidan chop etilgan matematika, tabiiy fanlar, ingliz tili, nemis tili va fransuz tili darslik majmualari mahalliylashtirildi va (2022-2025-yillarda 68,8 mln. nusxa) chop etilib maktablarga yetkazildi.
Xalqaro standartlarga javob beradigan yangi darsliklarni yaratish hamda xorijiy nashriyotlarning darsliklarini mahalliylashtirish ishlari 2026-yilda ham davom ettirilib, 583 nomdagi 96,8 mln. nusxa darslik majmualarini chop etish reja qilingan.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍