School news · Bizning faxrimiz
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ta’lim, kasbiy tayyorgarlik va…
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ta’lim, kasbiy tayyorgarlik va mehnat bozori o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Xususan, texnologik taraqqiyot va raqamlashtirish sharoitida mavjud kasblarning mazmuni tubdan o‘zgarayotgani, yangi malakalar va amaliy ko‘nikmalarga ehtiyoj ortayotgani alohida ta’kidlandi. Shu bois, o‘quvchilarning kasbiy qiziqishini erta aniqlash, 9-sinfdan keyin aniq yo‘nalish asosida saralash hamda texnikumlarni zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish bo‘yicha tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur vazifalar doirasida texnikumlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga olib chiqilib, “dual ta’lim” asosida tayyorlanayotgan yoshlar uchun real bandlik imkoniyatlari yaratilmoqda. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida texnikumlarni modernizatsiya qilish, stipendiya va rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish, sog‘liqni saqlash hamda aniq fanlar yo‘nalishlarida xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlash bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi. Bu tashabbuslar yoshlarning raqobatbardoshligini oshirish, ta’lim sifati va iqtisodiyot ehtiyojlari o‘rtasidagi muvozanatni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube