School news · Tadbirlar
Salomatlik — eng katta boylik!
Salomatlik — eng katta boylik!
7-aprel — Jahon salomatlik kuni munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “To‘g‘ri ovqatlanish va foydali vitaminlar” mavzusida trening tashkil etildi.
Trening davomida o‘quvchilar:
to‘g‘ri va balansli ovqatlanishning ahamiyati,
organizm uchun muhim vitaminlar va ularning manbalari,
sog‘lom ovqatlanish odatlarini shakllantirish usullari
bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlar oldilar.
Tadbir sog‘lom turmush tarziga rag‘batlantirish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini rivojlantirishga qaratildi.