School news · Yozgi yangiliklar

Qirg‘iziston Respublikasida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlarning yosh olimlari uchun…

07.07.2026 1190

Qirg‘iziston Respublikasida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlarning yosh olimlari uchun tashkil etilgan xalqaro ilmiy-ta’lim lagerida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Bekmuratov Akbar ham munosib ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro lager turli davlatlardan tashrif buyurgan iqtidorli yoshlar o‘rtasida ilmiy va innovatsion g‘oyalar almashish, o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, zamonaviy loyihalarni ishlab chiqish hamda xalqaro do‘stlik rishtalarini rivojlantirish uchun muhim platforma vazifasini o‘tamoqda.