School news · Bizning faxrimiz

Qadrli yurtdoshlar

18.11.2025 623

Qadrli yurtdoshlar,
Aziz ustozlar!

Bugun yurtimiz tarixidagi shonli sanalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kundir.

Mazkur sana — xalqimizning mustaqillik va erkinlik yo‘lidagi intilishlari timsoli sifatida alohida ahamiyatga ega.

Bugun yurtimiz yoshlari xalqaro maydonlarda qo‘lga kiritayotgan yutuqlar, ular sabab dunyo sahnalarida mag‘rur hilpirayotgan bayrog‘imiz — bizning eng katta faxrimiz hisoblanadi.

Zero, Davlat bayrog‘i milliy g‘ururimiz, Vatan sha’ni va mustaqillik timsolidir.

Istiqlolimiz va birdamligimiz timsoli bo‘lgan bayrog‘imiz doimo mag‘rur hilpirab tursin!

Bayram muborak bo‘lsin!

E’zoza Karimova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri