School news · Bizning faxrimiz

Qadrli ustozlar, aziz yurtdoshlar!

31.08.2025 837

Qadrli ustozlar, aziz yurtdoshlar!

Barchangizni bugungi qutlugʻ ayyom — Vatanimiz mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Jonajon Oʻzbekistonimizda hurmatli Prezidentimiz rahbariligida ulkan tarixiy islohotlarning guvohi hamda ishtirokchisi boʻlish bizga cheksiz gʻurur va iftixor bagʻishlaydi.

Albatta, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek buyuk maqsadlarimizga erishish oʻgʻil-qizlarimizning bugungi taʼlim-tarbiyasiga chambarchas bogʻliq.

Shunday ekan, fursatdan foydalanib kelajak bunyodkorlarini har tomonlama barkamol, bilimdon va maʻnaviy yetuk qilib tarbiyalash yoʻlida sidqidildan xizmat qilayotgan ustoz va murabbiylarimizga – siz fidoyi hamkasblarimizga cheksiz minnatdorlik bildiramiz. Mustahkam sogʻlik-salomatlik, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Osmonimiz hamisha bugungidek musaffo, ona yurtimiz tinch, xonadonlarimiz fayz-u barakaga toʻla boʻlsin!

Yana bir bor bayram muborak, azizlar!

Eʼzoza Karimova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri