School news · Xalqaro hamkorlik
Prezident maktablari o‘quvchilari Rimda xalqaro ta‘lim dasturida ishtirok etib qaytishdi.
Prezident maktablari o‘quvchilari Rimda xalqaro ta‘lim dasturida ishtirok etib qaytishdi.
✅ O'tgan haftada Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablaridan saralab olingan iqtidorli o‘quvchilar Italiya Respublikasining Rim shahrida bo‘lib, SIOI tomonidan tashkil etilgan “Young Minds for Global Futures: Discovering International Relations from Diplomacy to Technology” xalqaro ta’lim dasturida ishtirok etdi.
🌍 Yosh iqtidorli o‘quvchilar bugun o‘z bilimlarini nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda namoyon etmoqda.
Prezident maktablarida olingan bilimlar xalqaro maydonda e’tirof etilib, o‘quvchilarimiz bilim salohiyati bilan xorijiy mutaxassislarni ham lol qoldirmoqda.
✅ Xiva shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o’quvchisi Mahliyo Olimboyeva ham mana shu xalqaro ta’lim dasturida ishtirok etdi. Bu tashabbus yoshlarning global tafakkurini kengaytirish, xalqaro tajriba orttirish va ularni kelajakning raqobatbardosh yetakchilari sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.