School news · Maktab hayoti

Prezident maktabi o‘quvchilari UrDUda

03.03.2026 761

✅Prezident maktabi o‘quvchilari UrDUda

🟢Bugun, 26-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchilari tashrif buyurib, oliygohda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

🟢Tashrif davomida mehmonlarga universitetning o‘quv jarayoni, zamonaviy auditoriyalar, laboratoriyalar, Axborot-resurs markazi hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🟢Shuningdek, o‘quvchilar universitetning matematika yo‘nalishidagi ustozlari bilan uchrashib, fan bo‘yicha zarur nazariy va amaliy bilimlar, masalalarga yechim topish usullari hamda oliy ta’limda matematikaning o‘rni haqida muhim tushunchalarga ega bo‘ldilar.

🟢Mazkur tashrif o‘quvchilarda kelajak kasbini tanlash, oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda ilm-fanga intilish ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube