School news · Bizning faxrimiz
“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining 4-mavsumi ochildi
🌿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining 4-mavsumi ochildi
🗣 Renessans oromgohida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining to‘rtinchi mavsumi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda dastur ishtirokchilari tantanali tarzda kutib olinib, yangi mavsumga rasman start berildi.
🗣 Dastur davomida iqtidorli o‘quvchilar uchun ta’limiy mashg‘ulotlar, ijodiy faoliyatlar, motivatsion uchrashuvlar hamda sport tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
🗣 Mazkur tashabbus yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, ularning kelajakdagi yutuqlari uchun muhim imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.