School news · Tadbirlar

Pedagoglar uchun besh yilda bir marotaba 100 soatlik ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslari, maktab…

21.04.2026 399

✅ Pedagoglar uchun besh yilda bir marotaba 100 soatlik ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslari, maktab direktori va direktorlikka nomzodlar uchun 144 soatlik “Menejerlik oʻquv kurslari” joriy qilindi.

Bundan asosiy maqsad, zamonaviy rahbar kadrlarni tayyorlash, bugungi kun talablariga javob beradigan Milliy rahbar kadrlar zaxirasini yaratishdan iborat.

Taʼkidlash joizki, tizim joriy qilingandan (2024-yil fevral oyidan) bugungi kunga qadar jami 3 785 nafar direktor va 4 524 nafar direktorlikka nomzodlar menejerlik kurslarida oʻqitilgan boʻlib, shundan direktorlarning 53 foizi (2 002 nafar) hamda direktorlikka nomzodlarning 57 foizi (2 593 nafar) sertifikatlarga ega boʻldi.

Direktor lavozimiga tayinlangan nomzodlarning kelgusi karyera yoʻlini belgilab beradigan, tizimda karyerani davom ettirish, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbari lavozimigacha yetkazishni nazarda tutadigan tizim yaratish ustida ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, maktablarda faoliyat koʻrsatayotgan pedagoglarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish uchun “Kasbiy rivojlantirish kuni va soati” tadbirlari yoʻlga qoʻyildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍