School news · Bizning faxrimiz

O‘zbekiston ta’limi jahon sahnasida: raqamlar, islohotlar va ulkan yutuqlar

12.05.2026 579

📰📰📰📰📰📰📰

🇺🇿🇨🇳 O‘zbekiston ta’limi jahon sahnasida: raqamlar, islohotlar va ulkan yutuqlar

🔶 O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon raqamli ta’lim konferensiyasida (The 2024 World Digital Education Conference) ishtirok etdi.

🎓 Konferensiya doirasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova nutqida ta’lim islohotlari Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotganini va Xitoy (CIDCA) hamkorligida olis hududlardagi maktablarga IT-infratuzilma yetib borayotganini ta’kidladi.

Jumladan,
➡️Prezident maktablari – ta’lim “lokomotivi”. Barchasi Pearson-Edexcel va CIS akkreditatsiyasidan o‘tgan.

➡️Agentlik bitiruvchilarining oliy ta’lim qamrovi 100%; 30% dan ortig‘i TOP universitetlarga (MIT, Garvard, Ivy League va b.) qabul qilingan.

➡️Bir yilda xalqaro olimpiadalarda 195 medal (38 oltin); Turkiyadagi robototexnika olimpiadasida 11 medal (5 oltin).

➡️Toshkent Prezident maktabi BAAda “Zayed Sustainability Prize”da yomg‘ir suvini qayta ishlash loyihasi bilan taqdirlangan.

➡️2026-yilda O‘zbekiston 58-Xalqaro kimyo (IChO) va 38-Xalqaro informatika (IOI) olimpiadalariga mezbonlik qiladi (90+ davlat ishtirok etadi).

➡️“Mehrli maktab” tizimi 17 mingdan ortiq og‘ir kasal bolaga ta’lim va psixologik yordam bermoqda.

Raqamli dunyo haqida gapirar ekan, agentlik rahbari Muhammad al-Xorazmiy merosiga hurmat bilan to‘xtalib, sun’iy intellekt asosida yangi ta’lim ekotizimini yaratish va Xitoy bilan “Kelajak maktabi” loyihalariga tayyorligini bildirdi.

Yakuniy maqsad – inson kapitalini rivojlantirib, O‘zbekistonni mintaqaning markaziy ta’lim xabiga aylantirish.