School news · Bitiruvchilar
Oʻquvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2022-2023-oʻquv yilidan boshlab maktab bitiruvchilariga…
✅ Oʻquvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2022-2023-oʻquv yilidan boshlab maktab bitiruvchilariga elektron shahodatnoma berish tartibi joriy etildi. Joriy yilda 1 093 647 nafar 9-11-sinf bitiruvchilariga elektron shahodatnoma beriladi.
Bundan tashqari, oʻquvchilar bilimini shaffof baholash maqsadida 3 434 ta maktablarda yangi baholash tizimi joriy etildi. Ushbu tizimdan kutilayotgan natija, subyektiv yondashuvlarni kamaytirish hamda oʻquvchi bilimining kuchli va zaif tomonlarini tahlil qilishdan iborat.
Shu jihatdan, oʻquv yili boshidan har chorakda baholash natijalarini muntazam tahlil qilib boryapmiz.
Tahlillarga koʻra, III chorak yakuni boʻyicha baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablarning summativ baholash sinovlarida oʻzlashtirish koʻrsatkichi 79,8 foizni tashkil etdi (2-chorakda 76,9 foiz).
🌍🌍🌍🌍🌍🌍