School news · Bizning faxrimiz
NUFUZLI XALQARO OLIMPIADA — MARKAZIY OSIYODA ILK BOR O‘ZBEKISTONDA!
NUFUZLI XALQARO OLIMPIADA — MARKAZIY OSIYODA ILK BOR O‘ZBEKISTONDA!
⭐Markaziy Osiyo tarixida ilk bor nufuzli 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi 2026-yil 10-19-iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Bu nafaqat yosh iqtidorlar uchun katta imkoniyat, balki O‘zbekistonning global ilmiy maydondagi nufuzini yana bir bor namoyon etuvchi muhim voqeadir.
⭐Mazkur olimpiada dunyoning 90 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan eng iqtidorli o‘quvchilarni bir maydonga jamlaydi.
Ishtirokchilar o‘z bilimlari, mantiqiy tafakkuri va zamonaviy ilmiy yondashuvlari bilan bellashib, ilmiy salohiyatlarini namoyish etadilar.
🇺🇿 O‘zbekiston esa ushbu nufuzli tadbirga mezbonlik qilish orqali nafaqat iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, balki ilm-fan rivoji yo‘lida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashni maqsad qilgan.