School news · Bizning faxrimiz

Muhandislik maktablari – Stem modeli, 2-kursdan grant bilan o‘qish

24.04.2026 573

✅ Muhandislik maktablari – Stem modeli, 2-kursdan grant bilan o‘qish

Yangi tashkil etiladigan muhandislik maktablari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot:

✅ “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida tashkil etiladigan muhandislik maktablarida o‘quv jarayoni STEM modeli asosida tashkil etiladi.

⏺Dastlabki 3 yilda fizika, matematika va xorijiy til fanlaridan.

⏺Keyingi 2 yilda muhandislik fanlari bo‘yicha boshlang‘ich tayyorgarlikka e’tibor qaratiladi.

Mazkur maktablarga hududlardagi muhandis tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari biriktiriladi. Integratsiyalashgan fanlar mazkur oliygohning professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘qitib boriladi.

✅ Muhandislik maktablarining yana bir jozibador tomoni shundaki, yetarli talablarni bajargan bitiruvchilarga muhandislik ta’lim dasturi bo‘yicha tegishli ta’lim yo‘nalishida bir yillik qo‘shimcha davlat granti asosida 2-kursdan test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz o‘qishni davom ettirish huquqi beriladi.

Muhandislik maktabi bitiruvchisiga qo‘yiladigan talablar:

✅ SAT xalqaro imtihonida eng kamida 1 300 ball to‘plash yoki matematika, fizika va kimyo fanlaridan biri bo‘yicha eng kamida B2 darajadagi davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lish;

Oliy ta’lim fanlari bo‘yicha akademik ko‘rsatkichlarni (Academic Performance) o‘rnatilgan talab bo‘yicha o‘zlashtirganlik.