School news · Bizning faxrimiz

“Ma’naviyat yetakchisi” tanlovi: respublika bosqichi oldidan

11.06.2026 617

💐 “Ma’naviyat yetakchisi” tanlovi: respublika bosqichi oldidan

🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktab-internatlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ma’naviyat yetakchisi” respublika tanlovining hududiy bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar endilikda respublika bosqichi hamda seminarda qatnashish uchun Toshkent shahriga yetib kelishdi.

✨ Tashrif davomida ular Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. U yerda yurtimizning boy ma’naviy merosi, buyuk allomalarimizning ilmiy-ma’rifiy faoliyati va milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qiluvchi ekspozitsiyalarni tomosha qildilar.

Ushbu tashrif ishtirokchilarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, tajriba almashish hamda kelgusidagi faoliyati uchun yangi g‘oya va tashabbuslar manbai bo‘ldi.