School news · Tadbirlar

Maktabimizda Milliy kun!

03.10.2025 1008

Maktabimizda Milliy kun!

📅 3-oktabr kuni Xiva shahridagi Prezident maktabida ertalabki saflanish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda ustozlar, murabbiylar va o‘quvchilar faol ishtirok etishdi.

🇺🇿 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. So‘ngra o‘quvchilar dunyoda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan yangiliklar bilan o‘rtoqlashdilar.

✨ Barcha o‘quvchilar va maktab xodimlari milliy liboslarda darslarda qatnashib, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan mehr va ehtiromlarini namoyon etdilar.

Bu kun maktabimizda haqiqiy milliy ruh, quvonch va faxr muhitini yaratdi.