School news · Xalqaro hamkorlik

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E’zoza Karimova boshchiligidagi delegatsiya ayni vaqtda Xitoy Xalq…

11.05.2026 714

📰📰📰📰📰📰📰

🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E’zoza Karimova boshchiligidagi delegatsiya ayni vaqtda Xitoy Xalq Respublikasining Xanchjou shahrida bo‘lib turibdi.

➖ Tadbirlar doirasida vazir E’zoza Karimova Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vaziri Huay Jinpeng bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Unda sunʼiy intellektni maktablarda taʼlimiga joriy etilishida Xitoy tajribasidan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

🔰Vazir Huay Jinpeng O‘zbekistondagi taʼlim islohotlarini yuqori baholadi va ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

📍 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida “Taʼlim sohasida sunʼiy intellekt bo‘yicha hamkorlik” to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

⏰ Ma’lumot o‘rnida: mazkur uchrashuvlar “Raqamli taʼlim bo‘yicha Jahon konferensiyasi—2026” doirasida amalga oshirilmoqda.