School news · Bizning faxrimiz

Ko‘hna Samarqand shahrida qizg‘in davom etayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida qator…

01.11.2025 951

🔴 Ko‘hna Samarqand shahrida qizg‘in davom etayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida qator tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

✅ Xususan, bugun O‘mon sultonligi Ta’lim vaziri Madina Al-Shayboni boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Samarqand shahrida joylashgan Prezident maktabi faoliyati bilan tanishdi.

⚡️ Tadbir doirasida maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan muassasaning o‘ziga xos jihatlari hamda erishilayotgan yutuqlari, ta’lim sifatini oshirish borasidagi ilg‘or metodik usullari haqida ma’lumot berib o‘tildi.

👉 Mehmonlar maktabda yaratilgan sharoitlar hamda o‘quvchilarning bilim va mohoratlarini yuqori baholadi hamda iliq taassurotlarini bildirib o‘tdi.

✅Shundan so‘ng Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova hamda O‘mon sultonligi Ta’lim vaziri Madina Al-Shayboni o‘rtasida ehtirom ushrashuvi tashkil etildi.

🌐 JONLI EFIR

#Yunesko_Bosh_konferensiya_43_sessiya

🌍🌍🌍🌍🌍🌍