School news

Kim yor anga ilm, tolibi ilm kerak

14.02.2026 830

Kim yor anga ilm, tolibi ilm kerak,
O‘rgangali ilm tolibi ilm kerak!
Men tolibi ilm-u tolibi ilme yo‘q,
Men bormen ilm tolibi - ilm kerak.

Zahiriddin Muhammad Bobur

Bugun ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 543 yil to‘ldi.

Boburning ta’lim-tarbiyaviy qarashlaridagi bosh g‘oya vatanga sadoqat va muhabbatdir.

Uning shu mavzudagi she’rlari yosh аvlodni Vatanni sevishga, unga fidoyi, sodiq bo‘lishga, o‘z xalqiga xizmat qilishga undab, qalbida yuksak insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otishi bilan e’tiborga molikdir.

Bobur she’rlarida inson kamoloti uchun bilimning naqadar zarur ekanligi qayta-qayta uqtirilgan.

U ta’lim-tarbiya haqidagi g‘oyalarini o‘zining "Boburnoma", "Mubayyan" kabi asarlarida bayon etgan.

Boburning hayoti va ijodini o‘rganish, uni yod etish, har birimizga kuch va faxr beradi hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Uning xalqiga bo‘lgan sadoqati va bilimga bo‘lgan qiziqishlarini o‘rganish va o‘rgatish
har doim bizni ruhlantiradi.

✉️ Telegram 📱 Instagram  🗳 Facebook