School news · Xalqaro hamkorlik
“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida muhim tashabbus!
“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida muhim tashabbus!
2025-yil 22–23-dekabr kunlari poytaxtimizda umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari uchun ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus test sinovlari tashkil etilgan edi.
Test jarayonida o‘quvchilarning grammatika, tinglab tushunish hamda o‘qib tushunish ko‘nikmalari baholandi.
✅ Test natijalariga ko‘ra C1 va undan yuqori daraja qayd etgan o‘quvchilar uchun bugun Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Global Mindset in Motion” nomli maxsus kursga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova tomonidan rasmiy ravishda start berildi.
🌎 Dastur Prezident maktablari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, iqtidorli o‘quvchilarda:
- global dunyoqarash,
- yetakchilik salohiyati,
- tanqidiy fikrlash,
- barqaror rivojlanish maqsadlariga asoslangan zamonaviy kompetensiyalarni
shakllantirishga qaratilgan.
✨ Bu loyiha — bilimli, ochiq fikrli va global maydonga tayyor yoshlar avlodini tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadam bo'lib xizmat qiladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍