School news · Maktab hayoti

Kelajak soati — Kitobxonlik

13.04.2026 712

📚 Kelajak soati — Kitobxonlik

Xiva shahridagi Prezident maktabida o‘tkazilgan navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti kitobxonlik mavzusiga bag‘ishlandi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar kitob mutolaasining ahamiyati, uning tafakkur va shaxsiy rivojlanishga ta’siri haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Jarayonda o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, erkin fikr almashish va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

✨ Kitob — tafakkur manbai!