School news · Bizning faxrimiz
Kelajak ilg’or yoshlari bir makonda jamlanadi
🧠 Kelajak ilg’or yoshlari bir makonda jamlanadi
🇺🇿 Prezident iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati rasmiy oavlod.uz platformasi ishga tushdi!
Bu intellektual elita va liderlar birlashayotgan markaz, yoshlarning fikri, g‘oyasi va salohiyati uchun xalqaro maydonda raqobatbardosh bo‘lish poydevori.
Mazkur platformada:
📢 Prezident tashabbusi bilan yaratilgan va mamlakatning eng iqtidorli yoshlarini birlashtiradi;
📢 Prezident maktablari, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat, “Yangi O‘zbekiston” universiteti bitiruvchilari, "Prezident iqtidorli farzandlari" milliy dasturi ishtirokchilari hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlarini yagona platformaga jalb etadi;
📢 Yurtimizdan jahon universitetlariga qadar bilim va tajriba almashish imkoniyatini ta’minlaydi;
📢 Bu yerda siz o‘z g‘oyangizni, startapingizni, ilmiy yutuqlaringizni va liderlik salohiyatingizni butun O‘zbekiston va dunyo hamjamiyati bilan bo‘lishishingiz mumkin!
❗️Prezident iqtidorli yoshlarni
qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati – bu kelajak yetakchilarining uchrashuvlari, fikrlarning sintezi va yangicha fikrlash doirasi. Siz ham bu dinamik va intellektual tarmoqning bir qismiga aylanishingiz mumkin.
🤝 Jamoaga qo‘shiling, fikr almashing, o‘sish yo‘lini birga yaratamiz - chunki kelajak bugun boshlangan jamiyatlardan hosil bo‘ladi.