School news · Tadbirlar
Joriy yilning 12-14-fevral kunlari Xiva shahridagi Prezident maktabida O‘quv ishlar bo‘yicha direktorlar…
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Joriy yilning 12-14-fevral kunlari Xiva shahridagi Prezident maktabida O‘quv ishlar bo‘yicha direktorlar uchun “Akademik yetakchilik va ta’lim sifati — Prezident maktablarida barqaror rivojlanish modeli” mavzusidagi respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida 2025/2026-o‘quv yilining 1-semestri yakunlariga ko‘ra fanlar kesimidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, erishilgan natijalar hamda kelgusi vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek jarayonda Al-Xorazmiy Universiteti faxriy prezidenti Islam El Hadariy tomonidan mahorat darslari o‘tildi. Bunda ilg‘or tajribalar almashinuvi, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yondashuvlar hamda samarali boshqaruv mexanizmlari yuzasidan taqdimotlar namoyish etildi.