School news · Tadbirlar
“Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Rahbar kubogi” doirasidagi sport musobaqalari Xiva…
🏆 “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Rahbar kubogi” doirasidagi sport musobaqalari Xiva shahridagi Prezident maktabida o‘z faol startini oldi.
⚡️ Mazkur musobaqalarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktab-internatlarining 8-, 9- va 10-sinf o‘quvchilari voleybol, mini-futbol, stol tennisi va shaxmat yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashmoqda.
🔹 Bellashuvlarning asosiy maqsadi – o‘quvchi-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jamoaviylik, do‘stlik va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdan iborat.
✅ Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida viloyat miqyosida faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazildi. Tadbir yuqori ruhda, sportga xos g‘ayrat va do‘stona muhitda davom etdi.
🏛 Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube