School news · Xalqaro hamkorlik

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova xalqaro ta’lim va loyiha…

19.01.2026 960

📰📰📰📰📰📰📰

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova xalqaro ta’lim va loyiha boshqaruvi bo‘yicha yetakchi ekspertlar — Valentina Nikitina va Chris Brown bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston ta’lim tizimini global ta’lim makoniga integratsiya qilish, Buyuk Britaniya va AQShning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, International Baccalaureate (IB) dasturlari — MYP va boshqa xalqaro standartlarni Agentlik tizimidagi maktablarda joriy etish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi.

🎓 Asosiy yo‘nalishlar sifatida:
Prezident maktablari bitiruvchilarini Ivy League va boshqa TOP universitetlarga tayyorlash;

O‘qituvchi va maslahatchilar uchun xalqaro trening va vebinarlar;

Agentlik xodimlari uchun xorijiy universitetlarda stajirovkalar;

Xalqaro ekspertlar ishtirokida yozgi ta’lim dasturlari.

🌍 Shuningdek, 2026-yil fevral oyida Agentlik delegatsiyasining Vashington shahrida bo‘lib o‘tadigan AIEA forumida ishtirok etishi va bir qator nufuzli universitetlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgani qayd etildi.

🤝 Uchrashuv yakunida xalqaro ta’lim tashkilotlari bilan Memorandum of Understanding (MoU) imzolash tashabbusi ilgari surildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍