School news · Tadbirlar
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Al-Xorazmiy universiteti…
🤝 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Al-Xorazmiy universiteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Unda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan bevosita murojaat qildilar. Agentlik rahbari tomonidan bildirilgan har bir taklif ijobiy baholanib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
“Yoshlarning fikri biz uchun eng muhim yo‘l ko‘rsatuvchidir. Ularning tashabbuslariga tayanib, biz kelajakni quramiz”, — dedi S.Shakirova.