School news · Bizning faxrimiz

G‘ALABA MUBORAK! 🏆

04.04.2026 1164

🏆 G‘ALABA MUBORAK! 🏆

Bugun, 4-aprel kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” turnirining Xorazm viloyati hududiy bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

🥇 Faxr bilan e’lon qilamiz!
Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi ushbu nufuzli intellektual bellashuvda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

💡 30 ta savoldan iborat, uch turda o‘tkazilgan murosasiz bahslarda jamoamiz o‘zining bilim, tezkor fikrlash va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdi.

Ushbu yutuq – o‘quvchilarimizning tinimsiz mehnati, ustozlarimizning fidoyiligi va jamoaviy ruhning yorqin natijasidir.

Endi jamoamizga respublika bosqichida ham omad va ulkan zafarlar tilaymiz!