School news · Tadbirlar
Xiva shahridagi Prezident maktabi
🟩Eco schools
🍀YCC
🌏Xorazm
🏫Xiva shahridagi Prezident maktabi
💧 22-MART — BUTUNJAHON SUV KUNI 💧
22-mart — “Butunjahon suv kuni” munosabati bilan, UNICEF hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan tarqatma materiallar asosida maktabimizda bir qator ekologik tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, 7-sinf o‘quvchilari uchun geografiya darsida suvning ahamiyati, suv resurslarini asrash hamda undan oqilona foydalanish mavzularida maxsus dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga suvni filtrlash jarayoni haqida tushunchalar berilib, bu mavzu yuzasidan amaliy mashg‘ulot ham tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulot orqali o‘quvchilar suvni tozalash usullari va toza ichimlik suvining ahamiyati haqida yanada chuqurroq bilimga ega bo‘lishdi. 💧🔬
@green_boosters
@PSinKhiva