School news

Bugun Xorazmdamiz. Viloyatdagi bir qancha ta’lim muassasalarida bo‘ldik.

05.12.2025 1014

Bugun Xorazmdamiz. Viloyatdagi bir qancha ta’lim muassasalarida bo‘ldik. Dastlab davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Urganch shahrida yaqinda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan Al-Xorazmiy universitetida bo‘lib, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdik.

Keyingi manzillarimiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filiali, Urganch davlat universiteti, Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi, Xiva shahridagi Prezident maktabi, viloyatdagi professional ta’lim muassasalari, maktablar, talabalar turar joylari bo‘ldi.

O‘rganishlarimiz davomida ta’lim sifati, muassasalardagi infratuzilma, talaba va pedagoglar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdik.

Mas’ullar, pedagog va talabalar jamoasi bilan muloqot qilib, mavjud muammolar, kelgusi rejalar bo‘yicha gaplashib oldik.

Viloyatlar bo‘ylab o‘rganishlarimiz davom etadi.

@hilola_umarova