School news · Tadbirlar
Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34…
Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan o‘quvchilar ishtirokida bayramona Ertalabki saflanish o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga:
✨ Davlat bayrog‘ining yaratilish tarixi,
✨ Undagi rang va ramzlarning ramziy ma’nolari,
✨ Bayrog‘imizning davlat marosimlari va xalqaro maydondagi o‘rni
haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Saflanishdan so‘ng barcha sinflarda “O‘zbekiston bayrog‘i!” mavzusida Kelajak soatlari o‘tkazilib, o‘quvchilarda yurtga muhabbat, davlat ramzlariga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgan suhbatlar olib borildi.
🇺🇿 Bayrog‘imiz — Vatanimiz sha’ni, xalqimiz g‘ururi, mustaqilligimiz va milliy birligimiz timsolidir!
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube