School news

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari…

19.06.2026 853

🎓 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan 2026/2027-o‘quv yili kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi va muddatlari hamda joriy yilda faoliyat boshlaydigan 21 ta yangi maktabga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdik.

✨ Anjuman davomida hamkasblarim — Agentlik direktorining o‘rinbosari Hasan Shakirov, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova hamda mas’ul mutaxassislar bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari vakillari va jamoatchilikni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdik. Biz uchun har bir ota-ona va o‘quvchining fikri, savoli hamda ishonchi juda muhim.

▶️ Matbuot anjumanining to‘liq yozuvi, qabul natijalari, kirish imtihonlari jadvali, yangi maktablar faoliyati hamda savol-javoblar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

✨ Rasmiy sahifalar