School news · Bizning faxrimiz

Boʻlgʻusi Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sinolar

30.08.2025 756

Boʻlgʻusi Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sinolar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda hurmatli Prezidentimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalaridagi natijalarga alohida to‘xtalib o‘tdilar va yurtimiz sharafini himoya qilgan ilm-fan yulduzlarini buyuk ajdodlarimizga qiyosladilar.

“Shu yilning o‘zida yoshlarimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida 2 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Biz MDH mamlakatlari o‘rtasida kimyodan – ikkinchi, matematika va iqtisodiyotda – uchinchi, IT va geografiya bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinlarni egallagan o‘g‘il-qizlarimiz timsolida bo‘lg‘usi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolarni ko‘ramiz.

Saflari tobora kengayib borayotgan bunday intiluvchan, iste’dodli yoshlar – Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi, g‘ururimiz timsolidir”, deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.

Ukalarim va singillarim, bu katta mas’uliyat ekanligini his etyapsiz, deb o‘ylayman. Davlatimiz, xalqimiz va prezidentimiz ishonchini oqlash uchun ilm-fan yo‘lida mehnat qilishdan aslo to‘xtamang!

@hilola_umarova