School news · Bitiruvchilar

Bitiruvchilar bilan iliq uchrashuv!

13.06.2025 1275

🎓 Bitiruvchilar bilan iliq uchrashuv!

Bugun maktabimizda quvonchli va ilhomlantiruvchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Maktabimizni tamomlab, hozirda turli nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan sobiq o‘quvchilarimiz bilan samimiy suhbat tashkil etildi.

Ular o‘z hayotiy tajribalari, tanlagan yo‘llari, talabalik hayoti va bilim sari intilish yo‘lidagi muhim maslahatlari bilan o‘rtoqlashdilar.

📚 Maktab — bu faqat bilim maskani emas, balki insonni hayotga tayyorlovchi muhim bosqich. Bitiruvchilarimiz bunga yaqqol misoldir!