School news · Bizning faxrimiz

Aziz yurtdoshlar!

01.09.2025 857

Aziz yurtdoshlar!

🇺🇿 Sizlarni yurtimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli ayyom — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

🇺🇿 Mustaqillik — xalqimizga erkinlik, millatimizga o‘zligini anglash, taraqqiyot sari dadil qadam tashlash imkonini bergan beqiyos ne’matdir. Bugun erkin va farovon Vatanimizni yanada rivojlantirish, barkamol avlodni tarbiyalash, ilm-fan sohasida yuksak marralarga erishish yo‘lida barchamiz bir maqsad yo‘lida birlashib mehnat qilmoqdamiz.

🎗️Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lida qilayotgan fidoyi mehnatingizga muvaffaqiyat, oilangizga tinchlik va baxt tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi